Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?
E’lon qilingan sana: · 172

Sinoptiklarning xabar berishicha, dam olish kunlari Toshkentda havo ochiq va yog‘ingarchiliksiz issiq bo‘lishi kutilmoqda.
13-iyul, shanba kuni tushdan keyin poytaxtda havo biroz bulutli bo‘lishi va havo harorati +36° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Prognozga ko‘ra, kechasi havo biroz bulutli bo‘ladi. Harorat +23° gacha pasayadi.
Yakshanba kuni tushdan keyin Toshkentda havo biroz bulutli bo‘lib, havo harorati +33° gacha ko‘tariladi. Dushanbaga oʻtar kechasi, biroz bulutli va +23 darajagacha tushishi mumkin.