Oʻzbekistonda havo harorati 45 darajagacha koʻtariladi

E’lon qilingan sana· 1 464
Oʻzbekistonda havo harorati 45 darajagacha koʻtariladi

Joriy yilning 25−29 iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha juda issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Respublika hududining katta qismida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan tashqari) havo harorati kunduz kunlari 40−43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarida 44−45 darajagacha ko‘tariladi.

Ba’zi joylarda shamol tezligi 13−18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda ba’zida 20−23 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling