Nukusdan Qozogʻistonning Mangistau viloyatiga poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

E’lon qilingan sana· 265
Nukusdan Qozogʻistonning Mangistau viloyatiga poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

Nukus shahridan Qozogʻistonning Mangistau viloyatiga toʻgʻridan-toʻgʻri poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyildi. Bu haqda “Oʻztemiryoʻlovchi” AJ axborot xizmati xabar bermoqda.

Mangistauga toʻgʻridan-toʻgʻri qatnovlar 2024-yilning 22-avgust sanasidan haftasiga Nukus vokzalidan amalga oshiriladi. Poyezd harakat jadvali quyidagicha.

22-avgust sanasidan haftaning payshanba, shanba, seshanba kunlari 650-sonli “Nukus — Mangistau” yoʻnalishi:

  • Nukus 20:16 — Mangistau 17:14.

23-avgust sanasidan haftaning juma, yakshanba, chorshanba kunlari 649-sonli “Mangistau — Nukus” yoʻnalishi:

  • Mangistau 18:54 — Nukus 15:22.

Oraliq masofa salkam 21 soatni (20:58) tashkil etadi.

Chipta turlari va narxlari:

  • Umumiy — 420 010 ming so‘m;
  • Plastkart — 536 170 ming so‘m;
  • Kupe — 908 840 ming so‘m.

Chiptalarni nafaqat temir yo‘l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda rasmiy sayt orqali xarid qilish mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Nukusdan Qozogʻistonning Mangistau viloyatiga poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyiladi — Toshkent Afishasi