Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?
E’lon qilingan sana: · 134
Sinoptiklarning ma’lumotlariga ko‘ra, dam olish kunlari poytaxtda havo yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi, kunduzi havo harorati faqat +36° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
Ta’kidlanishicha, shanba kuni tushdan keyin poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, havo harorati +36° gacha ko‘tariladi. Shamol shimoli-g‘arbdan 18 km/soat tezlikda esadi. Kechasi biroz bulutli boʻlishi, harorat +23° gacha tushishi kutilmoqda.
11-avgust kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi. Harorat +36° gacha koʻtariladi. Shamol 18 km/soat tezlikda esadi. Dushanbaga oʻtar kechasi havo biroz bulutli boʻladi, past harorat +23° gacha tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 14 km/soat tezlikda esadi.