Foto: dunyoning turli nuqtalarida Moviy superoy koʻrinishi

19-avgust kuni yarim tunda diqqatga sazovor astronomik “superoy” va Moviy Oy hodisalari kuzatildi. Ikki hodisaning kombinatsiyasi kamdan-kam uchraydi, keyingi bunday hodisa 2037-yilda boʻlishi kutilmoqda.
Ushbu kunda Oy Yerga maksimal yaqinlashdi va u oddiy to‘lin oydan 14 foiz kattaroq va 30 foiz yorqinroq bo‘ldi. Shu bilan birga, nomidan farqli o‘laroq, Oy tom ma’noda ko‘k rangga kirmaydi. “Moviy oy” — mavsumning uchinchi oyiga berilgan nom.
Ushbu hodisani dunyoning turli nuqtalarida ham kuzatishdi va suratlarga muxrlashdi. Ularning eng yaxshilarini quyida tomosha qilishingiz mumkin.

Foto: EPA
Parijdagi Eyfel minorasi ortida “berkinmachoq” oʻynayotgan superoy

Foto: AP
Rossiyaning Sankt Peterburg shahridagi Ermitaj muzeyi tomiga oʻrnatilgan davlat ramzlaridan biri — ikki boshli burgut haykali ortida turgan katta oy.

Foto: AFP / Getty Images
Ispaniyaning Sevilya shahri uzra Moviy oy.

Foto: Reuters
Germaniyaning Kyoln shahridagi Kyoln sobori ortidan koʻtarilayotgan superoy.

Foto: AP
Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahridagi osma dor yoʻli kabinalaridan biri super oybilan “suratga tushishga” ulgurdi.

Foto: EPA
Superoy fonida portugaliyalik erkak oʻzining sevimli mashgʻuloti bilan shugʻullanmoqda.

Foto: AP
Kashmir hududi boʻylab “haqiqiy” Moviy superoy.

Foto: Anadolu Agancy
Iroq. 14 foizga kattaroq koʻringan superoy Ikki minora oʻrtasiga “joylashdi”.

Foto: Reuters
Yaqinda Olimpiadani qabul qilgan Parij asosiy installyatsiyasi va Yerning asosiy “mehmoni”.

Foto: AP
Dunyoning eng baland minorasi — Burj Halifa.

Foto: Reuters
Londonda samolyot superoyni “kesib oʻtmoqda”.

Foto: Reuters
Turkiyaning Istambul shahridagi Galata minorasi.