Toshkentda eng uzun avtobus marshrutlaridan biri qayta tiklandi

E’lon qilingan sana· 358
Toshkentda eng uzun avtobus marshrutlaridan biri qayta tiklandi

Poytaxtda avval to‘xtatib qo‘yilgan 134M sonli avtobus yo‘nalishi qayta tiklandi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 134M sonli yoʻnalish koʻplab yoʻlovchilarning talablarini inobatga olgan holda qayta tiklangan. Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi ma’lumotiga koʻra, yoʻnalish nomi “Al-Xorazmiy mavzesi bekati — Agrar universiteti bekati” etib oʻzgartirilgan.

Bundan tashqari, yoʻnalishning boshi va oxiri avvalgi holatga qaraganda uzaytirilgan. Shuningdek, avtobus marshrutidan oʻrin olgan manzillar biroz oʻzgartirilgan.