Bunda Toshkent shahrida transport vositalarining pulli to‘xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun to‘lovlar miqdorlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadigan cheklangan miqdorlardan yuqori bo‘lmasligi kerak.

“Toshkent Invest kompaniyasi” 2025-yil 1-yanvarga qadar Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Pulli to‘xtab turish joylari” yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimini foydalanishga topshirishi va unga tashkil etiladigan transport vositalarining pulli to‘xtab turish joylari uskunalarini ulashga tayyorligini ta’minlashi lozim.

Parkingda, shu jumladan, savdo korxonalari, xizmat ko‘rsatish, tibbiyot, sport va madaniy-ko‘ngilochar muassasalar yonidan kamida 5 foiz joy (lekin bir dona joydan kam bo‘lmagan) imtiyozli ruxsatnomaga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan boshqariladigan transport vositalarini bepul joylashtirish uchun ajratiladi.