Toshkentdagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasining bir qismi 2 oyga yopildi
E’lon qilingan sana: · 97

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopildi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston ovozi ko‘chasining Shahrisabz ko‘chasi bilan kesishmasidan Istiqlol ko‘chasigacha bo‘lgan qismi 18-oktabrdan 20-dekabrgacha avtomobillar harakati uchun yopilgan.
Bunga ko‘chadagi ta’mirlash ishlari sabab qilib ko‘rsatilgan. Ushbu ko‘chada 24/7 rejimda faoliyat yuritadigan servis markazlari paydo bo‘ladi, ko‘chaning infratuzilmasi to‘liq o‘zgarishi aytilmoqda.
Hokimlik keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.