Oʻzbekiston aholisi bir kunda necha kishiga oshayotgani ma'lum qilindi

E’lon qilingan sana· 636
Oʻzbekiston aholisi bir kunda necha kishiga oshayotgani ma'lum qilindi

O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni o‘rtacha 2 ming kishiga oshmoqda, deya xabar bermoqda Statistika agentligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 2024-yilning 1-oktyabr holatiga koʻra Oʻzbekistonning doimiy aholisi 37,4 million kishini tashkil etmoqda.

Oʻzbekistonning doimiy aholisi soni o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 2,1 foizga oshgan. Mamlakat aholisi 2024-yil boshidan buyon 555,6 ming kishiga ko‘paygan.

Ta’kidlanishicha, aholi 2024-yilning har bir oyida o‘rtacha 61,7 ming kishiga oshgan. 2024-yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 2 ming kishiga ko‘paymoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling