Sodiq Azimovdagi gastronomik koʻcha loyihasi taqdim etildi

E’lon qilingan sana· 511
Sodiq Azimovdagi gastronomik koʻcha loyihasi taqdim etildi

Toshkent shahrida tun-u kun ishlaydigan gastronomik ko‘cha tashkil etish loyihasi e’lon qilindi, u Yashnobod tumanidagi Sodiq Azimov ko‘chasining bir qismini egallaydi. U Maxtumquli va Istiqbol ko‘chalari oralig‘ida joylashadi — 800 metr uzunlikdagi uchastkada “dam olish va gastronomik kashfiyotlar uchun zamonaviy maydon” yaratish rejalashtirilgan.

Bu joyda Taras Shevchenko gastronomik ko‘chasidan farqli o‘laroq, avtotransport uchun harakatni to‘sib qo‘yish rejalashtirilmagan.

Loyiha velosiped yo‘laklarini yaratish va yo‘lni uch polosadan ikki polosaliga toraytirishni nazarda tutadi — o‘ng polosaning bir qismi to‘xtash joylari bilan jihozlanadi.

Qurilish ishlari davomida yo‘laklarni hozirgi 3−4 metrdan 8−13 metrgacha kengaytirish, yozgi terrasalar uchun qo‘shimcha maydon yaratish rejalashtirilgan.

Yangi gastronomik ko‘chada “workout” maydoni, selfi zonasi va ikkita bio-hojatxona tashkil etiladi, shuningdek, yana 15 ta yengil konstruksiyali savdo shoxobchalari o‘rnatiladi.

Yangi gastronomik ko‘cha yaratish bo‘yicha ishlar 2024-yil oxirigacha yakunlanishi rejalashtirilgan.

Ta’kidlanishicha, Sodiq Azimov ko‘chasidagi loyiha yakunlangach, ikkinchi bosqich — Alimkent ko‘chasida sayyohlik xiyobon qurilishi boshlanadi.