Qish yaqin: dam olish kunlari sovuq havo kuzatiladi
E’lon qilingan sana: · 13 208
Juma va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha ancha salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar berdi O‘zgidromet.
Kunduzi havo harorati +8…+13, ba’zi joylarda +15 darajagacha, kechasi 0…+5 daraja atrofida bo‘ladi.
Respublika bo‘yicha ushbu kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonning ayrim tumanlarida juma kuni kunduzi biroz yomg‘ir yog‘ishi, shimolda yomg‘ir va nam qor yog‘ishi mumkin.
Kechasi va ertalab ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi.
Toshkentda juma va dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 0…+3 daraja, kunduzi +10…+13 daraja bo‘ladi.