Toshkentda non festivali o‘tkaziladi
E’lon qilingan sana: · 310
12-noyabr kuni poytaxtda non festivali bo‘lib o‘tadi. Tadbir davomida tashrif buyuruvchilar turli xil yuzlab non turlari bilan tanishishlari va ularning har birini tatib ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. Festivalda har kim bepul ishtirok etishi mumkin.
Festival davomida quyidagilar bo‘ladi:
- turli millat va hududlarga xos yuzlab nonlar: hududiy nonlardan tortib to an’anaviy nonlargacha, bugʻdoyli nonlardan tortib to kepakli nonlargacha;
- mehmonlar uchun tatib ko‘rish imkoniyati: har bir ishtirokchi o‘ziga yoqadigan nonni tanlab, tatib ko‘rishi mumkin;
- musiqa va ko‘ngilochar dasturlar: bayram ruhini yanada ko‘tarish uchun maxsus musiqalar, milliy oʻyinlar va har bir sinf tomonidan tayyorlangan oʻyinlar;
- mahorat darslari — non hamirini tayyorlashdan tortib to pishirishgacha;
- xayriya auksioni. Eng yaxshi baholangan va oʻquvchilar oʻzlari tayyorlagan nonlari ota-onalar oʻrtasida auksionga qoʻyiladi. Barcha toʻplangan pullar “Chinor gʻazna” hayriya tashkiloti bilan hamkorlikda bolalar uyi uchun sarflanadi.
Festivalning eng asosiy qismi — “Non ulashish paradi” bo‘lib, unda asosiy ishtirokchilar maktabdan to katta yoʻl boʻylab parad shaklida milliy kiyimlar va maktab bayroqlari bilan nonlarni istalgan insonlarga ulashishadi.
Sana: 12 noyabr.
Vaqt: 14:15 dan 17:00 gacha.
Joy: Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab hovlisi.