24 soat xizmatda: Toshkentdagi tun-u kun ishlaydigan 11 ta klinika

E’lon qilingan sana· 1 716
24 soat xizmatda: Toshkentdagi tun-u kun ishlaydigan 11 ta klinika

Bu material sizga kerak boʻlmaydi degan umiddamiz, lekin bilib qoʻygan yaxshi. 

Sogʻliqqa e’tibor bermaslik turli kasalliklar kelib chiqishiga sabab boʻladi. Kasallik oʻzini istalgan vaqtda koʻrsatishi mumkin. Koʻp hollarda bu kutilmaganda yoki tunda ham yuz beradi. Bu paytda tun-u kun ishlaydigan klinikalar yordamga keladi.

Quyida Afisha.uz Toshkentda 24 soat davomida ishlaydigan klinikalar haqida ma’lumot beradi.


“Asia Shine”

“Asia Shine” klinikasi ham bemorlar uchun bir qator xizmatlarni taqdim etadi. 24 soat davomida ishlaydigan maskanda kardiolog, travmatolog va endokrinolog ham faoliyat yuritadi.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 99−147−2855.

Manzil.


“Aram”

24 soat ishlaydigan ushbu klinikadan odatdagi lor, pediatr, uzi, terapevt kabi xizmatlardan tashqari xijoma, ozonoterapiya va bolalar hamda kattalar uchun massaj ham taklif etiladi.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 95−144−7788.

Manzil.


“Assuta Medical Clinic”

Tun-u kun ishlaydigan “Assuta Medical Clinic” oʻz mijozlariga turli xildagi xizmatlarni taklif etadi. Ular orasidan massaj, statsionar davolanish, parafin va fizioterapiya ham oʻrin olgan.

Murojaat uchun telefon raqamlari: (+998) 99−662−0606; (+998) 99−388−8881.

Manzil.


“Alpha Med”

Bu roʻyxatdan tishlarni davolaydigan klinika ham oʻrin olishi kerak edi. “Alpha Med” 24 soat ishlaydigan klinika boʻlib, terapevtik, ortopedik, jarrohlik va estetik stomatologiya xizmatlarini koʻrsatadi. Ushbu havola orqali esa klinikaning prays-listi bilan tanishish mumkin.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 95−341−0701.

Manzil.

Afisha.uz oldinroq Toshkentdagi tish davolovchi klinikalar haqida maqola e’lon qilgandi.


“BMP Clinic”

“BMP Clinic” bolalar nevrologiyasi bilan ham shugʻullanadi. Shuningdek, 10 kunlik statsionar davolanish xizmati taklif etiladi.

Murojaat uchun telefon raqamlari: (+998) 71−222−8668.

Manzil.


“Darmon Servis”

“Darmon Servis” klinikasi 24 soat davomida faoliyat yuritadigan MSKT, rentgen, uzi, EEG va laboratoriya xizmatlarini taklif etadi.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 71−203−0017.

Manzil.


“Hayat Medical Centre”

“Hayat Medical Centre” ko‘p tarmoqli klinika hisoblanadi. Unda poliklinika, statsionar hamda davolash-diagnostika bo‘limi mavjud. Bundan tashqari, bolalar uchun “Hayat Kids” ham xizmat koʻrsatadi. Ushbu havola orqali klinikaning prays-listi bilan tanishish mumkin.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 71−200−8866.

Manzil.


“Hi-Tech Laborotories”

Ushbu xalqaro darajadagi diagnostika markazi labaratoriya tekshiruvlarini taklif etadi. Bundan tashqari, markazda tez yordam xizmati ham mavjud.

Murojaat uchun telefon: (+998) 99−885−8055; (+998) 99−353−2520.

Tez yordam raqami: 1299.

Manzil.


“MDS Service”

Ko‘p tarmoqli “MDS Service” klinikasi tun-u kun faoliyat yuritadi va keng koʻlamli xizmatlarni taklif etadi. Shuningdek, ushbu klinikada MRT, MSKT va laboratoriya ham mavjud.

Murojaat uchun telefon: (+998) 78−140−0080.

Tez yordam raqami: 1080

Manzil.


“Shox International Hospital”

15 yildan ortiq tajribaga ega boʻlgan “Shox International Hospital” ham 24 soatlik rejimda faoliyat olib boradi. Klinika MRT, MSKT va uzi xizmatlarini taklif etadi.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 71−207−0017.

Manzil.


“Viva Med”

Hindiston bilan hamkorlikda ishlaydigan “Viva Med” klinikasi xirurgik muolajalar ham koʻrsatadi. Laboratoriya, UZD, MSKT va lor xizmatlari tun-u kun faoliyat yuritadi.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 55−515−1111.

Manzil.

Azimbek Xushmamatov
Muallif
Azimbek Xushmamatov