"Yangi Nafas" ommaviy yugurish musobaqasi
“Yangi Oʻzbekiston” bogʻida “Yangi Nafas” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad — oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida yugurish bo‘yicha Talaba-Yugur ko‘ngilli jamoatchilar musobaqalarini tashkil etish, talabalar, o‘qituvchilar va xodimlarga yugurish bilan muntazam shug‘ullanish imkoniyatini yaratishdan iborat.
Start vaqti: 08:00 dan boshlab yigʻilish, poyga starti 10:00.
Paketlar 2024-yil 22-noyabr kuni O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi binosida topshiriladi.
Ishtirokchi paketni olish uchun 2024-yil 21-noyabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha topshirish punktiga shaxsan kelib, tegishli hujjatni (chipta, biror tashkilotga mansublikni tasdiqlovchi hujjat, ID, pasport va boshqalar) taqdim etishi lozim.
G‘olib va sovrindorlar tadbir tashkilotchilari va hamkorlari tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.
Bir jamoa uchun ishtirok etish narxi: 39 900 so‘mdan 323 800 so‘mgacha.
Ushbu havola orqali oldindan roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.
Murojaat uchun telefon raqamlari: (+998) 90−963−3552, (+998) 71−207−1071, (+998) 71−207−2072.
- Sana23 noyabr, 10:00