Taras Shevcheko koʻchasining bir qismi bir oyga yopiladi

E’lon qilingan sana· 353
Taras Shevcheko koʻchasining bir qismi bir oyga yopiladi

Poytaxtning Mirobod tumanidagi Taras Shevchenko ko‘chasining bir qismi 27-noyabrdan barcha turdagi transport harakati uchun yopiladi. U yerda avvalroq tashkil etilgan gastronomik koʻchaning ikkinchi qismi qurilmoqda.

Ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Taras Shevchenko ko‘chasining (94-umumta'lim maktabidan) Said Baraka ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan 200 metr qismi barcha turdagi transport harakati uchun yopiladi. Koʻchada 25-dekabr kuni harakat tiklanishi rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, 2024-yilning 26-oktyabrida xuddi Taras Shevchenkoda Toshkentdagi ilk gastronomik koʻcha rasman faoliyat boshlagan. Afisha.uz muxbiri u yerda boʻlib, fotoreportaj tayyorlagandi.