Yetib keldik: juma kunidan boshlab havo soviydi, qor yogʻishi ham mumkin

E’lon qilingan sana· 2 604
Yetib keldik: juma kunidan boshlab havo soviydi, qor yogʻishi ham mumkin

29-noyabr-2-dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda deya xabar bermoqda “O‘zgidromet” agentligi direktori Sherzodxo‘ja Habibullaxo‘ja.

Jumadan yakshanbagacha respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 30-noyabr-1-dekabrda ayrim joylarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

Havo harorati asta-sekin pasayadi va 1−2-dekabrga kelib −3…+2 darajani, kunduz kunlari +3…+8 darajani, shimolda kechalari −3…−8 darajani, kunduz kunlari −2…+3 darajani tashkil etadi.

Ayrim hududlarida shamol tezligi 13−18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarida 29-noyabr-1-dekabr kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.