Toshkentning qator hududlarida arzonlashtirilgan yarmarkalar tashkil etildi — manzillar

E’lon qilingan sana· 810
Toshkentning qator hududlarida arzonlashtirilgan yarmarkalar tashkil etildi — manzillar

Yangi yil bayrami arafasida Toshkent shahrining bir qancha bozorlari hududida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil qilindi. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Poytaxt aholisi va mehmonlari yangi yilni boy dasturxon atrofida qarshi olishi, bayramni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazishi uchun Toshkentda maxsus arzonlashtirilgan narxlardagi savdo yarmarkalari tashkil etildi", — deyiladi poytaxt hokimligi xabarida.

Manzillar:

  • Bektemir tumani — Qo‘yliq bozori;
  • Mirobod tumani — Mirobod bozori;
  • Mirzo Ulug‘bek tumani — “Navro‘z “oziq-ovqat bozori (TTZ);
  • Sergeli tumani — Sergeli oziq-ovqat bozori;
  • Olmazor tumani — Qora-Qamish oziq-ovqat bozori;
  • Uchtepa tumani — “Farhod” oziq-ovqat bozori;
  • Shayxontohur tumani — “Eski juva” oziq-ovqat bozori (Chorsu);
  • Yashnobod tumani — “Aviasozlar” oziq-ovqat bozori (Kadysheva);
  • Yunusobod tumani — “Yunusobod” va “Oloy” oziq-ovqat bozorlari;
  • Yakkasaroy tumani — “Askiya” oziq-ovqat bozori;
  • Chilonzor tumani — Chilonzor oziq-ovqat bozori.

Qayd etilishicha, ushbu yarmarkalarda sifatli tovarlarni raqobatbardosh narxlarda xarid qilish mumkin.