Nogironligi boʻlaturib, qahramonlik koʻrsatganlar haqida filmlar suratga olinadi

E’lon qilingan sana· 336
Nogironligi boʻlaturib, qahramonlik koʻrsatganlar haqida filmlar suratga olinadi

Prezident ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilgan ishlar va 2025 yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektorda nogironligi bo‘laturib, o‘zida kuch topib, og‘ir vaziyatdan chiqib, qahramonlik ko‘rsatayotgan odamlar haqida kamida 5 film suratga olish lozimligini ta‘kidladi.

Ta’kidlanishicha, baʼzi nogironligi bor insonlarda psixologik bosimlar sababli o‘ziga bo‘lgan ishonch yetishmaydi. Ammo ular orasida o‘zida kuch topib, og‘ir vaziyatdan chiqib, qahramonlik ko‘rsatayotgan odamlar ham ko‘p.

Prezident dunyoning eng ruhlantiruvchi “Top-100” ayoli ro‘yxatiga kirgan denovlik Dilorom Yo‘ldoshevaning ishlarini eʼtirof etdi. “Mana shunday irodali, matonatli insonlarni hammaga o‘rnak qilib ko‘rsatsak, ular bilan har qancha faxrlansak arziydi”, -dedi davla rahbari.

Tegishli farmonga muvofiq, Dilorom Yo‘ldoshevaga “Mardlik” ordeni tantanali topshirildi. Shuningdek, 2025-yilda bunday insonlar haqida kamida 5 ta motivatsion hujjatli va badiiy film suratga olish muhimligi alohida qayd etildi.

Bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirish Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi.