Toshkentdagi avtobuslar bayramona bezatildi
E’lon qilingan sana: · 219

Poytaxtda Yangi yil munosabati bilan 80 ta avtobus bayramona bezatildi.

Salonlarda yorqin gulchambarlar, yangi yil yorliqlari, sharchalar va yaqinlashib kelayotgan bayramning boshqa ramzlarini ko‘rish mumkin

Bunday avtobuslar haydovchilari 25-dekabrdan boshlab Qorbobo kiyimida boʻladi.

Ba’zi “Sehrli avtobuslar” bolalarga maxsus sovgʻalar ham beradi.

Ushbu 80 ta avtobus qaysi yoʻnalishlarda harakatlanishi maʼlum qilinmagan. Fotosuratlarda siz 13, 23, 77 va 94-avtobuslarni koʻrish mumkin.
