Anons

Tashkent City Mall yaqinida ochiq osmon ostidagi konki maydoni ochilishi

E’lon qilingan sana: · 241
Tashkent City Mall yaqinida ochiq osmon ostidagi konki maydoni ochilishi

Ochilish marosimida figurali uchish boʻyicha ikki karra jahon chempioni Yevgeniya Medvedeva ikkita bayram dasturi – "Gul" va "Ayiqlar qoʻshigʻini" ijro etadi.

“Tashkent City Mall” savdo majmuasi yonida ochiq osmon ostidagi konkida uchish maydonchasi ochiladi.

Ochilish marosimida 2018-yilgi Olimpiya oʻyinlarining ikki karra kumush medali sovrindori va figurali uchish boʻyicha ikki karra jahon chempioni Yevgeniya Medvedeva “Gul” va “Ayiqlar qoʻshigʻi” nomli ikkita bayram dasturini ijro etadi.

Narxi:

  • kattalar uchun konki ijarasi bilan birga — 50 daqiqa uchun 100 000 so‘m;
  • bolalar uchun konki ijarasi bilan birga — 50 daqiqa uchun 50 000 so‘m;
  • kattalar uchun o‘z konkilari bilan — 50 daqiqa uchun 80 000 so‘m;
  • bolalar uchun o‘z konkilari bilan — 50 daqiqa uchun 40 000 so‘m;
  • murabbiy bilan bir mashg‘ulot — 50 daqiqa uchun 200 000 so‘m;
  • muvozanat uchun “pingvincha” tayanchi ijarasi — 50 000 so‘m.

Ochiq havoda joylashgan muzli maydonchaning ish vaqti: soat 14:00 dan 23:00 gacha.

Muzli maydonda quyidagi qoidalar amal qiladi:

  • konkisiz muz ustiga chiqish taqiqlanadi;
  • maydoncha chetiga yaqinroq yurish tavsiya etiladi;
  • maydoncha xodimlarining ko‘rsatmalariga amal qilish shart;
  • yiqilganda iloji boricha tezroq turish kerak;
  • muz ustida uchish paytida yugurish va bir-birini itarish taqiqlanadi;
  • ovqat va ichimliklar bilan muz ustiga chiqish ham man etiladi.

Chiptalarni “Tashkent City Mall” yaqinidagi kassalardan yoki ushbu havola orqali xarid qilish mumkin.

Jadval

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling