Avtobusda naqd pulda toʻlov qilganlar jarimaga tortilmaydi

E’lon qilingan sana· 501
Avtobusda naqd pulda toʻlov qilganlar jarimaga tortilmaydi

Toshkent avtobuslarida 1-yanvardan yo‘l haqini naqd pul bilan toʻlash amaliyoti to‘xtatildi — uning oʻrniga bir martalik QR chiptalar joriy etildi. ATTO va bank kartalari orqali toʻlovlarni eski narxlarda amalga oshirish mumkin.

Endi Toshkent avtobuslari uchun chiptalarni qanday olsa boʻladi? Batafsil koʻrsatma ushbu havolada.

Transport inspeksiyasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi inspektori Salimjon Nishonboyev avtobus haydovchisiga naqd pul bermoqchi bo‘lgan yo‘lovchilar “chiptasiz sayohat” va “yo‘lovchilarni chiptasiz tashish” moddalari boʻyicha 37 500 soʻm miqdorida jarimaga tortilishini ma’lum qilgan edi. Ammo bu xabarni Transport vazirligi rad etdi.

“O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 144-moddasida yo‘lovchining trolleybusda, tramvayda, shahar ichida va shahar atrofiga qatnaydigan avtobusda chiptasiz yurishi — BHMning o‘ndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangan”, deyiladi xabarda.

Ya’ni ushbu moddalar chiptasiz safar uchungina qoʻllaniladi. Quyidagi maqolada qandya qilib infokiosklardan bir martalik chipta sotib olishni oʻrganishingiz mumkin.