Toshkent hayvonot bogʻida "Terrarium" boʻlimi vaqtincha yopildi

E’lon qilingan sana· 303
Toshkent hayvonot bogʻida "Terrarium" boʻlimi vaqtincha yopildi

Toshkent hayvonot bogʻining “Terrarium” boʻlimi ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli vaqtincha yopildi. Bu haqda bog' ma’muriyati xabar berdi.

Ta’mirlash ishlari qanchaga choʻzilishi haqida ma’lum qilinmagan. Hayvonot bog‘i vaziyat bo‘yicha uzr so‘rab, tez orada ularning qaytadan ochilishini e’lon qilishga va’da bergan.

Ma’lumot uchun, “Terrarium” boʻlimida ilonlar va kaltakesaklar, qurbaqalar, quruqlikda yashovchi toshbaqalar hamda boshqa ko‘plab hayvonlar mavjud.