Toshkent metrosida 2024-yil 270 million yoʻlovchi tashildi
E’lon qilingan sana: · 247

2024-yilda Toshkent metrosi 270,3 million yo‘lovchi tashidi, deya xabar bermoqda Statistika agentligi matbuot xizmati.
Bu 2023-yilda tashilgan 172 million yo‘lovchiga nisbatan 98,3 million yoki 57,2 foiz ko‘p deganidir.
Taqqoslash uchun, 2022-yilda metrodagi yo‘lovchilar soni 136,7 million, 2021-yilda 101,8 million, pandemiya yili bo‘lgan 2020-yilda esa 38,8 million kishini tashkil etgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq 16-dekabr kuni Toshkent metropoliteni ilk bor bir kunda 1 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatgandi.