Mahtumquli koʻchasida haydovchilar uchun yangi yoʻllar tashkil etildi
E’lon qilingan sana: · 317

Yashnobod tumanidagi Toshkent tibbiyot instituti yaqinidagi Kichik halqa avtomobil yo‘lining Maxtumquli ko‘chasiga tutashgan qismini qayta qurish ishlari yakunlandi.
Rekonstruksiya doirasida bu yerda yangi yo‘l qoplamasi yotqizildi, suv chiqarish lotoklari va bordyur toshlari yotqizildi, piyodalar yo‘lagi, shuningdek, metall to‘siqlar o‘rnatildi.
Poytaxt hokimligi xabarida piyodalar ehtiyojini inobatga olgan holda hudud obodonlashtirilayotgani, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratilgani ta’kidlangan.
Tafsilotlar va haydovchilar uchun yangi yoʻl harakati qoidalariga ushbu havola da keltirilgan videoda toʻxtalib oʻtilgan.
Bundan tashqari, qish fasli bo‘lishiga qaramay, ish qisqa muddatda yakunlangani ta’kidlangan.