Toshkentdagi 5 ta kovorking markazi

2020-yilgi pandemiya bizga koʻp narsa qoldirib ketdi. Shulardan biri — onlayn ishlash. Oʻsha paytda koʻpchilik uydan ishlashga majbur boʻlganini hali hech kim unutmagan boʻlsa kerak. Kasalliklar ketdi, hamma odatiy hayot rejimiga qaytdi, ammo “masofadan ishlash” asorati biz bilan qoldi (toʻgʻri, avval ham bor edi).
Tabiiyki, doim ham uydan yoki kafedan ishlash imkonsiz. Bunday paytda ofis muhitini beruvchi kovorking markazlari frilanserlarga yordam berishi mumkin. Bunday markazlar nafaqat yakkalik xodimlar, balki jamoaviy uchrashuvlar uchun ham qoʻl keladi, chunki koʻp kovorkinglarda majlislar xonalari, konferensiya va taqdimot zallarini ham ijaraga olish mumkin, ular barcha kerakli narsalar bilan jihozlangan boʻladi yoki moslashtiriladi.
Toshkentda ular qayerlarda bor, qanday imkoniyatlarga ega va narxi qancha? Afisha.uz mazkur savollarga javob tariqasida poytaxtdagi kovorking markazlari haqidagi ma’lumotlarni bir joyga jamladi.
GroundZero
Toʻplamni koʻpchilikka ma’lum va mashhur oʻsha “GroundZero"dan boshlashga qaror qildik. Hozirda bu tarmoqning uchta turli nuqtalarda filiallari boʻlib, barchasi deyarli bir xil sharoitga ega: har bir stulda rozetka, limitsiz Wi-Fi, ayrim kanselariya mahsulotlari, shaxsiy buyumlarni saqlash uchun shkaflar va hokazo.
Foto: GroundZero
“GroundZero” kovoring markazlarida onlayn joy band qilish mumkin. Buning uchun markazning saytiga kirish, filial va kerakli tarifni tanlash kerak boʻladi. Unda narxlar quyidagicha:
“Mehmon” tarifi (barcha filiallarda):
- 1 soat — 50 000 soʻm;
- 2 soat — 60 000 soʻm;
- 3 soat — 70 000 soʻm;
- Bir kun — 120 00 soʻm;
- 7 kun — 700 000 soʻm.
Rezident
Bundan tashqari, ushbu markazning doimiy rezidentiga ham aylanish mumkin. Buning uchun quyidagicha narxlar va sharoitlar belgilangan.
Night Hot Desk — 850 000 soʻm. Bunga bir oy davomida 22:00 dan 09:00 gacha ishlash imkoniyati, belgilanmagan ish stoli, markaz tashkil etgan tadbirlarga kirishga ruxsat, uchrashuv xonalariga 50 foizli chegirma, 50 ta rangsiz va 20 ta rangli nusxa olish imkoniyati kiritilgan.
Hot Dest Unlimited — 1 800 000 soʻm. Bu tarif yuqoridagi shartlar bilan birga kunning istalgan qismida cheksiz ishlash imkoniyati va buyumlarni saqlash uchun shkafchani ham oʻz ichiga oladi.
Personal Hot Desk — 2 500 000 soʻm. Mazkur tarifda ham shartlar va sharoitlar bir xil, ammo bunisiga yuridik manzil ham qoʻshilgan.
Foto: GroundZero
Shuningdek, “GroundZero” boshqa yakka tartibdagi tadbirkor yoki boshqalar uchun alohida xizmatlarni ham taqdim etadi. Masalan, “Virtual Desk” — 700 000 soʻm, bu narx ichiga markazdan yuridik manzil, elektron pochta, qabulxona xizmati va xatlarni qayta ishlash kiritilgan. Agar u yerdan shunchaki yuridik manzil olmoqchi boʻlsangiz, 400 ming soʻm toʻlashingiz kerak boʻladi.
Manzillar
GroundZero Kitob Olami:
Joylar soni: 45 kishi
Ish vaqti: 24/7
Telefon: (+998) 90−955−9969.
Manzil: Mustaqillik xiyoboni 6/7.
GroundZero Minor:
Joylar soni: 45 kishi
Ish vaqti: 24/7
Telefon: (+998) 90−901−2001.
Manzil: Yunusobod tumani, M-6, 70-uy.
GroundZero Sharq:
Joylar soni: 90 kishi
Ish vaqti: 24/7
Telefon: (+998) 90−830−3035.
Manzil: Taraqqiyot 2-tor koʻchasi, 31-uy.
Veb-sayt: GroundZero.uz
IMPACT.T
“IMPACT” texnologik hab boʻlib, u smart ofislar taqdim etadi. Kovorking maydoni to‘rt qavatdan iborat bo‘lib, bog‘li terassaga ega.
Yopiq va ochiq ish joylari, muzokaralar, uchrashuvlar va tadbirlar uchun joylar ham bor. Har bir stulda rozetkalar qoʻyilgan, muassasada bepul internet mavjud. Bu yerda nafaqat openspeysdagi joylarni ijaraga olish, balki alohida miting xonalari va ivent zallarini ham band qilish mumkin.
“IMPACT.T"dagi umumiy maydonda joy band qilish uchun 24 soatga 70 ming soʻm toʻlash kerak boʻladi. Agar 1 oy davomida foydalanmoqchi boʻlsangiz, 1 700 000 soʻm, shu davrda bir aniq joyni band qilishni xohlasangiz — 2 200 000 soʻm.
35 kishiga moʻljallangan kichik ivent zalning bir soatlik ijarasi 500 ming soʻm, bunda eng kamida 2 soatga olish kerak boʻladi. 100 kishilik katta ivent zal esa 800 ming soʻm, shartlar oʻsha-oʻsha.
Miting rum band qilmoqchi boʻlsangiz, 6 kishilik xona uchun 1 soatiga 100 000 soʻm, 10 kishilik xona uchun esa 200 000 soʻm narx belgilangan. Habda tasvirga olish ishlarini olib borish uchun esa alohida summa tayinlangan.
Manzil
Joylar soni: 110 kishi
Ish vaqti: 24/7
Telefon: (+998) 90−064−6446.
Manzil: Yakkasaroy tumani, Bog‘ibo‘ston ko‘chasi 186.
Veb-sayt: impactthub.uz
C-Space
Hozir ushbu markazning poytaxtdagi filiallari soni 5 taga yetgan. Ularning barchasida sharoitlar va narxlar deyarli bir xil. Muassasa smart ofis, ochiq maydondagi joylar, cheksiz internet taklif qiladi va tun-u kun ishlaydi.
Bu yerda 4 tadan 12 kishigacha sig‘adigan yig‘ilish zallari, konferensiya zallari va mini-ofislar mavjud. Narxlar esa quyidagicha:
- 1 kun (09:00 — 22:00) — 150 000 soʻm;
- 1 hafta (har kuni 09:00 — 22:00) — 700 000 soʻm;
- 15 kun (umumiy 100 soat) — 1 500 000 soʻm;
- “Monthly Flex” (24/7) — 1 500 000 soʻm;
- “Monthly Dedicated” (24/7 + yuridik manzil) — 2 500 000 soʻm;
- “Monthly Hybrid” (ikki kishi, 24/7 + yuridik manzil) — 3 500 000 soʻm.
Bundan tashqari, “C-Space"da ofislar, konferensiya va ivent zallarini ham ijaraga olish mumkin, uning shartlari bilan markazning saytida tanishib chiqishingiz mumkin.
Manzillar
Chust
Joylar soni: oʻrtacha 30 kishi;
Ish vaqti: 24/7;
Telefon: (+998) 97−736−2022.
Manzil: Chust koʻchasi, 1.
Labzak
Joylar soni: oʻrtacha 45 kishi;
Ish vaqti: 24/7;
Telefon: (+998) 97−716−7977;
Manzil: Labzak koʻchasi, 64A.
Yunusobod
Joylar soni: oʻrtacha 45 kishi;
Ish vaqti: 24/7;
Telefon: (+998) 97−716−7277;
Manzil: Yunusobod, 122-mavze, 20A.
Elbek
Joylar soni: oʻrtacha 40 kishi;
Ish vaqti: 24/7;
Telefon: (+998) 97−008−7277;
Manzil: Elbek koʻchasi, 7.
Airport
Joylar soni: oʻrtacha 45 kishi;
Ish vaqti: 24/7;
Telefon: (+998) 97−117−2022;
Manzil: Bobur koʻchasi, 58A.
hub.module
Toshkent markazidagi qulay kovorking markazlaridan biri. Bu yerda ham, odatdagidek, barcha sharoitlar bor. Ushbu markaz mini-kutubxona, xordiq chiqarish uchun laundj zona va Zoom qoʻngʻiroqlar uchun alohida xona ham taklif qiladi.
“hub.module” mehmonlar va rezidentlar uchun alohida-alohida taklif tayyorlagan. U yerda mehmonlar uchun maksimal 1 haftalik tarif bor, doimiy foydalanuvchilar esa bir oylik toʻlov qilishlari va oʻziga joy belgilab olishi mumkin.
Narxlar quyidagicha:
- 1 soat — 30 000 soʻm;
- 1 kun — 100 000 soʻm (+ Zoom xonadan foydalanish imkoniyati);
- 1 hafta — 550 000 soʻm (+ 7 kun davomida cheklanmagan ish soati);
- 1 oy — 1 300 000 soʻm (bunda ish stoli belgilanmaydi);
- “Unlimited Fixed” — 2 000 000 soʻm (ish stolini belgilash mumkin);
- “Womonth” — 1 100 000 soʻm (biznesvumenlar uchun maxsus ijtimoiy taklif).
“hub.module"ning openspeysida 40 kishi uchun ish joyi bor, shuningdek, 8 kishilik uchrashuvlar xonasi va 30 kishilik lektoriy ham mavjud.
Manzil
Ish vaqtI: har kuni 09:00 — 01:00;
Telefon: (+998) 97−005−5020;
Said Baraka koʻchasi, 16A;
Veb-sayt: hubmodule.net
MySpace
Ishlash uchun nima kerak? Tinch va qulay joy, tezkor internet, ichimlik va buyogʻi tabga qarab. Bularning barchasini “MySpace"dan topish mumkin. Bonusiga u yerdagi san’at gallereyasidan ham zavq olish mumkin. Agar hammasidan charchagan boʻlsangiz, relaks zonasiga borishingiz mumkin.
“MySpace” 4 xil tarif taklif qiladi, ularning narxi quyidagicha:
- 1 kun — 150 000 soʻm (openspeysda belgilanmagan joy);
- 1 hafta — 660 000 soʻm (openspeysda belgilanmagan joy);
- 1 oy — 2 400 000 soʻm (openspeysda belgilanmagan joy);
- “Yuridik manzil” — 1 500 000 soʻm (openspeysda belgilanmagan joyda 8 soat ish vaqti).
Manzil:
Ish vaqti: dushanba-jumagacha soat 09:00 dan 19:00 gacha;
Telefon: (+998) 71−200−2090;
Amir Temur koʻchasi, 25;
Veb-sayt: myspace.uz
Siz yana qaysi kovorking markazlarini bilasiz, qaysilaridan foydalanasiz? Izohlarda yozib qoldiring, keyingi toʻplamlarimiz ularni ham qoʻshamiz.
