Oʻzbekistonlik oshpazlar xalqaro musobaqada sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritdi

E’lon qilingan sana· 122
Oʻzbekistonlik oshpazlar xalqaro musobaqada sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritdi

O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi jamoasi 2025-yilning 27−30 yanvar kunlari Pokistonning Lahor shahrida o‘tkazilgan Xalqaro pazandachilik chempionatining 7-mavsumida ishtirok etdi. Bu haqda Turizm qoʻmitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston oshpazlari 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan. Ma’lumot uchun, chempionatida dunyoning turli burchaklaridan, xususan Shri-Lanka, AQSh, Maldiv, BAA, Eron, Marokash, Turkiya, Bangladesh, Malayziya va boshqa ko‘plab davlatlardan tashrif buyurgan oshpazlar, shuningdek, oliy toifadagi hakamlar ishtirok etgan.

Ta’kidlanishicha, musobaqa bir necha bosqichdan iborat bo‘lgan va ishtirokchilardan nafaqat taom tayyorlash mahorati, balki an’anaviy retseptlar bilan yangiliklarni uyg‘unlashtirish, ijodkorlik talab qilingan.