"Gʻishtkoʻprik" chegara bojxona punkti 4 oyga yopiladi

Toshkent viloyatida o‘zbek-qozoq chegarasida joylashgan “G‘ishtko‘prik” (Chernyayevka) chegara bojxona posti 5-fevraldan boshlab 4 oyga yopiladi, deya xabar bermoqda Bojxona qo‘mitasi.
Ta’kidlanishicha, mazkur postda katta qurilish va rekonstruksiya ishlarini mantiqiy nihoyasiga yetkaziladi. Xususan, postda vaqtinchalik binolarni demontaj qilish, hududni obodonlashtirish, postga tutash hududda zarur infratuzilmani tashkil etish nazarda tutilgan.
Bu davr mobaynida Qozogʻistonga bormoqchi boʻlgan fuqarolar va transport vositalari “Navoiy” chegara bojxona posti orqali oʻtishlari kerak boʻladi. U Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan bo‘lib, “G‘ishtko‘prik” postiga yaqin hudud hisoblanadi.
Jismoniy shaxslar, yengil avtomobillar va avtobuslar harakati uchun qulay bo‘lishini ta’minlash maqsadida “Navoiy” chegara bojxona postida yuk avtotransport vositalari harakati cheklanadi.