Toshkentda ikkita avtobus yo‘nalishi o‘zgardi
E’lon qilingan sana: · 395

6-fevral kuni Toshkentda ikkita — 66 va 130-sonli avtobus yo‘nalishlari o‘zgaradi. Endilikda ushbu yo‘nalishdagi avtobuslar Sergelidagi Green Park yonidan Sofdil va Marg‘ib ko‘chalari bo‘ylab Tashkent INDEX orqali harakatlanadi.
Ilgari bu joyda yoʻnalishlar Kanora koʻchasi va ikkinchi Qipchoq yoʻli boʻylab harakatlanardi.
Avvalroq 2025-yilda Toshkentga mingta avtobus olib kelinishi haqida xabar berilgandi.