Toshkent metropoliteniga uchta yangi poyezd olib kelindi
E’lon qilingan sana: · 253

Toshkent metropoliteni parkiga yana uchta yangi zamonaviy poyezdlar olib kelindi. Kelgusi 7−10 kun ichida ular zarur texnik sinovlardan o‘tishi, shundan so‘ng yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish uchun yoʻnalishlarga chiqarilishi rejalashtirilgan.
Qayd etilishicha, yil boshidan buyon poytaxt metropolitenida to‘qqizta yangi poyezd qatnovga kirdi va hozirda poyezdlar parkining yarmidan ko‘pi zamonaviy vagonlardan iborat. Harakat tarkibining yangilanishi tufayli poyezdlar orasidagi intervallar qisqaradi.
Bundan tashqari, fevral oyida yana uchta poyezd kelishi kutilmoqda.