O‘zbekistonda 1-maydan elektr energiyasi narxi oshadi

E’lon qilingan sana· 468
O‘zbekistonda 1-maydan elektr energiyasi narxi oshadi

1-maydan boshlab Oʻzbekistonda jismoniy shaxslar uchun elektr energiyasi narxi oshadi.

1-maydan boshlab narxlar quyidagicha koʻrinish oladi:

  • oyiga 200 kVt/soatgacha bo‘lgan elektr energiyasi uchun 1 kVt/soat narxi 600 so‘m (avvalgi 450 so‘mdan +33,33% oshgan);
  • 201 dan 500 kVt/soatgacha bo‘lgan elektr energiyasi uchun 800 so‘m (yangi tarif);
  • 501 dan 1 000 kVt/soatgacha bo‘lgan elektr energiyasi uchun 1 000 so‘m (avvalgi 201 dan 1 000 kVt/soatgacha 900 so‘m edi);
  • 1 001 dan 5 000 kVt/soatgacha bo‘lgan elektr energiyasi uchun 1 500 so‘m (avvalgi 1 350 so‘mdan +11,11% oshgan);
  • 5 001 dan 10 000 kVt/soatgacha bo‘lgan elektr energiyasi uchun 1 750 so‘m (avvalgi 1 575 so‘mdan +11,11% oshgan);
  • oyiga 10 001 kVt/soatdan yuqori bo‘lgan elektr energiyasi uchun 2 000 so‘m (avvalgi 1 800 so‘mdan +11,11% oshgan).

Energetika vazirligining qayd etishicha, 201 dan 500 kVt/soatgacha bo‘lgan yangi diapazonning paydo bo‘lishi tufayli oyiga 500 kVt/soatgacha elektr energiyasi iste’mol qilinganda, fuqarolar uchun narx oshmaydi: “2025 yil 1 maygacha oyiga 500 kVt/soatgacha elektr energiyasi iste’mol qiladigan uy xo‘jaliklari vakillari buning uchun 360 ming so‘m (bazaviy me’yor bo‘yicha 200 kVt/soat uchun 90 ming so‘m va 201 dan 500 kVt/soatgacha iste’mol uchun 270 ming so‘m) to‘lagan va tariflar o‘zgargandan so‘ng oyiga 500 kVt/soatgacha elektr energiyasi iste’mol qiladigan uy xo‘jaliklari 360 ming so‘m (bazaviy me’yor bo‘yicha 200 kVt/soat uchun 120 ming so‘m va 201 dan 500 kVt/soatgacha iste’mol uchun 240 ming so‘m) to‘laydi, ya’ni ular uchun narxlar oshmaydi.”

Shuningdek, maʼlum qilinishicha, 2026-yildan elektr va gaz tariflari har yili 1-maydan inflyatsiyani hisobga olib, ammo 10 foizdan oshmagan miqdorda ko‘tariladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling