Oʻzbekistonda dam olish kunlari “Oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish” kuni deb e’lon qilinadi

E’lon qilingan sana· 407
Oʻzbekistonda dam olish kunlari “Oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish” kuni deb e’lon qilinadi

Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarning turizm salohiyatini yanada oshirish hamda xorijiy hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini jadallashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘nggi yillarda mahalliy sayyohlar soni 23 millionga yetgani aytildi. Ta’kidlanishicha, ularning soni 2017-yilda 5 million bo‘lgan.

Lekin haligacha Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabzga bormagan oilalar ko‘pligi qayd etilib, har oyning bitta shanba va yakshanbasi — “Oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish” kuni, deb e’lon qilinishi aytilgan.

Shuningdek, Yoshlar o‘rtasidagi musobaqa g‘oliblariga “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasini sovg‘a qilish yo‘lga qo‘yiladi.

Bundan tashqari, mutasaddilar ekstremal turizmni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish boʻyicha topshiriq oldi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling