Yangi Oʻzbekiston shohkoʻchasining bir qismi sentyabrgacha yopiladi

Toshkent shahri Yangi O‘zbekiston shohko‘chasidagi yoʻlning bir qismi 13-apreldan 1-sentyabrgacha yopiladi. Olimpiya shaharchasi hududi atrofida yerosti tunneli qurilishi boshlanadi. Bu haqda shahar hokimiyati matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, 13-apreldan 1-sentabrgacha CAEX ko‘rgazma majmuasidan Yangi O‘zbekiston bog‘iga kiraverishgacha bo‘lgan qism yopiladi.
Ushbu yoʻlga muqobil tarzda Olimpiya shaharchasi orqa tomonidan — Murabbiylar koʻchasi orqali qoʻshimcha harakat yoʻnalishi tashkil qilingan boʻlib, haydovchilarga oʻz harakatlarini ushbu yoʻnalishda davom ettirishlari soʻraldi.
Poytaxt hokimligi noqulaylik uchun uzr so‘radi.
Avvalroq 13-aprel kuni tungi soat 00:00 dan kunduzgi soat 16:00 ga qadar Yangi O‘zbekiston ko‘chasi hamda unga tutash ko‘chalarda hududda marafon oʻtkazilishi munosabati bilan avtomobillar harakati vaqtincha cheklanishi xabar berilgandi.