AQShda chat-botlar uchun kovorking markazi ochildi

Nyu-Yorkning Bruklin shahrida sun’iy intellektga ega chat-botlar uchun dunyodagi birinchi kovorking — “Chat House” ochildi. Bu mahalliy rassom Nim Ben-Reuvenning art-installyatsiyasi, deb xabar bermoqda TechCrunch.
U yerda bir nechta kartondan yasalgan robotlar kompyuterda “ishlaydi”. Ularning harakati kichik motorlar yordamida amalga oshiriladi. Devorda oyiga “atigi” 1999 dollarli ish taklif qiluvchi taxtacha osilgan, uning yonida esa “Chat-botlar uchun hashamatli kovorking” yozuvi bor.
Ben-Reuven o‘z g‘oyasini shunday tasvirlaydi: “Bir guruh yoqimtoy va shu bilan birga qo‘rqinchli mitti robotlar bizning ChatGPT so‘rovlarimizni bajarib, bir yilda butun Shveysariya iste’mol qiladigan elektr energiyasini sarflab, klaviatura taqillatadi”.
Rassomning so‘zlariga ko‘ra, u bu installyatsiyani hayotiga yangi texnologiyalar olib kelayotgan qiyinchiliklarni yumor yordamida yengish uchun yaratgan. Ben-Reuven asosan dizayn va video ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi, unda sun’iy intellekt tobora keng qo‘llanilmoqda. Rassomning aytishicha, unga allaqachon buyurtmalarni rad eta boshlashgan va rassomning ishidan ko‘ra neyrotarmoqlar mahsuloti afzal ko‘rilgan.
Robot materili sifatida kartonning tanlanish ham bekorga emas. “Kartonning mo‘rtligi, hatto kichik og‘irlik ostida ham parchalanish qobiliyati — bu sun’iy intellektning ijodiy sohalar bilan o‘zaro ta’siri metaforasidir,” — deya tushuntirdi u.
“Chat Haus” vaqtinchalik installyatsiya, xolos. U rekonstruksiya qilish uchun ruxsat berilishini kutayotgan binoda joylashgan. Ben-Reuven ekspozitsiya hech bo‘lmaganda may oyining o‘rtalarigacha saqlanib qolishiga, keyin esa uni katta galereyaga ko‘chirilishiga umid qilmoqda. Rassom loyihani kengaytirmoqchi, lekin ko‘rgazma yopilgandan so‘ng barcha materiallarni uyda qanday saqlash haqida qayg‘urmoqda.