Dinozavrlar, tuyalar, DJ-shou: Toshkentdagi gullar festivalida nimalarni koʻrish mumkin?

1−3-may kunlari Milliy kutubxona orqasidagi maydonda “Tashkent Flowers Fest 2025” gullar festivali o‘tkaziladi.
Bu yilgi fotozonalar orasida milliy bayroq ranglari bilan bezatilgan ulkan kukuruznik samolyoti; yorqin naqshli mato bilan qoplangan va ba’zan sun’iy visteriya bilan bezatilgan uchta dinozavr; atirgullar ichidagi tovus; gulchambarlar bilan o‘ralgan va ko‘proq mumiyalarga o‘xshab ketadigan tuyalar karvoni; hamda an’anaga aylangan gullarga burkangan pushti rang avtomobil mavjud.
Bu yil tashrif buyuruvchilar uchun kirish, an’anaviy ravishda, barcha xohlovchilarga bepul. Ularni boy ko‘ngilochar dastur kutmoqda. Sahnada badiiy havaskorlik jamoalari, xalqaro tanlovlar g‘oliblari va didjeylar chiqish qiladi.
Gul bayramidan zavqlanishni xohlovchilar soat 11:00 dan 23:00 gacha borishlari mumkin. Quyida uch kunlik batafsil dastur bu yerda.
