Dam olish kunlari havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik boʻlmaydi
E’lon qilingan sana: · 2 081

Toshkent shahrida kutilayotgan ob-havo maʼlumotiga koʻra, shanba kuni tushdan keyin havo biroz bulutli boʻlib, havo harorati +33° gacha koʻtarilishi kutilmoqda.
Kechasi ham havo biroz bulutli bo‘lib, havo harorati +18° gacha tushadi.
Yakshanba kuni tushdan keyin havo biroz bulutli boʻlib, havo harorati +35° gacha ko‘tariladi. Dushanbaga oʻtar kechasi oʻzgaruvchan bulutli havo kuzatilib, +18° gacha tushishi kutilmoqda.