Shayxontoxur tumanida sayr qilish uchun yangi ko‘cha tashkil etilmoqda

Shayxontohur tumanidagi Oqtepa kanali bo‘ylab Gulxaniy ko‘chasida yangi sayilgoh tashkil etilmoqda. Shahar hokimligi bu yerda zamonaviy meʼmoriy yechimlar va milliy qadriyatlar uygʻunlashishi haqida maʼlum qildi.
Loyiha Oqtepa kanali boʻylab 1,17 km maydonni oʻz ichiga oladi.
Loyiha doirasida:
- 3450 m² piyodalar yoʻlaklari va 27500 m² yashil maydonlar qurildi;
- 2500 m² maydonga yuqori sifatli toshlari yotqizildi;
- 1032 m² qirgʻoq toʻsiqlari oʻrnatildi;
- bitta katta va oʻnta kichik ayvonlar qurildi;
- interaktiv bolalar va skeytbord maydonchalari tashkil etildi;
- ayvonchalar, sharshara va favvora qurilgan;
- 160 ta yoritish ustuni o‘rnatildi;
- 100 ta o‘rindiq va 100 ta chiqindi qutisi qo‘yildi;
- 660 m² avtoturargoh yaratildi.
Bundan tashqari, aholining vaqtini tejash va masofani qisqartirish maqsadida 83 metr uzunlikdagi mustahkam ko‘prik qurildi.
Qayd etilishicha, yangi sayilgoh hududi nafaqat zamonaviy yechimlari, balki tadbirkorlar va mashhur brendlar uchun keng imkoniyatlar mavjudligi, aholi va sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratilgani bilan ham ahamiyatlidir. Xavfsizlikni taʼminlash maqsadida hudud boʻylab yuzni tanib olish funksiyasiga ega, kechayu kunduz ishlaydigan videokuzatuv kameralari oʻrnatilgan.