Oʻzbek oshpazlari Buyuk Britaniyadagi koʻcha taomlari taqdimotida gʻolib boʻldi
E’lon qilingan sana: · 109

Buyuk Britaniyaning London shahrida koʻcha taomlari taqdimoti boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekistonning “Oshpaz” brendi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Qayd etilishicha, ushbu taqdimotda 2000 dan ziyod ishtirokchi qatnashgan. Janubiy chempionatda sovrinli oʻrinlarni quyidagi brendlar qoʻlga kiritgan:
- “Oshpaz”.
- “Hakko House”.
- “Cut the Mustard”.
- “BEYroots”.
- “The Burger Society”
Ma’lumot uchun, Muzaffar Sodiqov boshchiligidagi gʻoliblikni qoʻlga kiritgan brend London shahrida o‘zbek oshxonasi taomlarini targ‘ib qilib keladi.
Ushbu tanlovda g‘alaba qozonish orqali “Oshpaz” jamoasi oktyabr oyida Germaniyada bo‘lib o‘tadigan “European Street Gastronomy Awards” finaliga yo‘l oldi.