O‘zbekistonda Korporativ sport assotsiatsiyasi tashkil etildi

E’lon qilingan sana· 164
O‘zbekistonda Korporativ sport assotsiatsiyasi tashkil etildi

“Korporativ sport o‘yinlari” assotsiatsiyasi korporativ klublar o‘rtasida jamoaviy sport turlari bo‘yicha musobaqalarni tashkil etadi.

8-may kuni Toshkentda Korporativ sport assotsiatsiyasi rasman ish boshladi — tadbirkorlar va kompaniya xodimlari oʻrtasida faol turmush tarzini ommalashtirishga qaratilgan tashabbusi ilgari surildi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Korporativ sport o‘yinlari” assotsiatsiyasi korporativ klublar o‘rtasida jamoaviy sport turlari bo‘yicha musobaqalarni tashkil etadi.

Mas’ullar:

  • Davron Vahobov Savdo-sanoat palatasi hamda Assotsiatsiya rahbari;
  • Sherzod Sattarov — ijrochi direktor;
  • Jahongir Ortiqxo‘jaev (AKFA Group asoschisi) — raisning birinchi o‘rinbosari;
  • Shuhrat Ergashev (International Beverages Tashkent) — rais o‘rinbosari.

Har bir sport uchun biznes yetakchi:

  • Futbol va futzal — Bekzod Mamatqulov (BMB Holding);
  • Basketbol — Zafar Xoshimov (Korzinka)
  • Stol tennisi — Bahodir Abdullayev (B.A Holding);
  • Yengil atletika — Murod Nazarov (Murad Buildings).
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling