TTZga metro 2026-yil oxirigacha qurilishi rejalashtirilgan

E’lon qilingan sana· 232
TTZga metro 2026-yil oxirigacha qurilishi rejalashtirilgan

Toshkent shahrida Pushkin metro bekati yaqinidagi Salar temir yo‘l vokzalidan yangi metro liniyasi qurilishi 2025-yilning 15-iyunida boshlanadi.Bu liniyani Toshkent traktor zavodi (TTZ) uchastkasigacha uzaytirish rejalashtirilgan bo‘lib, loyiha ikki bosqichda amalga oshirilib , 2026-yil oxirigacha yakunlanadi.

Yangi liniya 10,8 kilometrga cho‘zilib, 30 ta mahallani qamrab olgan va 148 mingga yaqin aholini transport bilan ta’minlaydigan 10 ta bekatni o‘z ichiga oladi. Butun chiziq boʻylab sayohat vaqti 17 daqiqani tashkil qiladi.

Mazkur yo‘nalishda yangi metro liniyasini qurish qarori Toshkentga har kuni Chirchiq, Qibray va G‘azalkentdan 140 mingdan ortiq aholi qatnovi, bu esa “Buyuk Ipak yo‘li” bekatida tirbandlik yaratayotgani bilan bog‘liq.

Transport vaziri Ilhom Maxkamov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida loyiha bo‘yicha qurilish ishlarini 2026-yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilganini aytdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling