Toshkent shahar hokimligi changli shamol sabab ehtiyotkorlikka chaqirdi
E’lon qilingan sana: · 159

Toshkent shahri hokimligi poytaxtda kuzatilayotgan kuchli shamoldan ogohlantirdi.
Qayd etilishicha, ob-havo sharoitining yomonlashuvi sababli simlarning uzilishi, daraxtlarning qulashi va havoda chang miqdori ko‘payishi mumkin.
Shu sababdan quyidagilarga alohida e’tibor berish soʻraladi:
- avtomobillarni daraxtlar va elektr uzatish liniyalari ostida qoldirmaslik;
- ko‘chada yurishni cheklash, ayniqsa allergiya yoki changga yuqori sezuvchanlik bo‘lsa;
- shahar bo‘ylab harakatlanishda ehtiyotkor bo‘lish.
Favqulodda vaziyatlar yuz berganda ushbu telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin: 1050, 1055, (71) 212−69−80, (71) 212−69−82.