Soyabonni unutmang: bu hafta yomgʻir va momaqaldiroq kutilmoqda

Toshkent shahrida 26−30-may hafta mobaynida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi.
Dushanba kuni ertalab bulutli boʻlib, kunduzi quyoshli boʻlishi kutilmoqda, havo harorati kunduzi +28° gacha koʻtariladi. Kechasi sezilarli bulutlilik va +18° gacha tushishi kutilmoqda.
27-may kuni kunduzi bulutli havo harorati +24° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi — joylarda momaqaldiroq boʻladi (yomgʻir ehtimoli 40%), +17° gacha pasayadi.
Chorshanba kuni tushdan keyin oʻzgaruvchan bulutlilik, havo harorati +29° gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Kechasi biroz bulutli ob-havo kuzatiladi, havo harorati +18° gacha tushadi.
29-may kuni havo biroz bulutli bo‘lib, havo harorati +26° gacha ko‘tariladi. Kechasi — oʻzgaruvchan bulutlilik, +17° gacha pasayish.
Juma kuni tushdan keyin oʻzgaruvchan bulutlilik, +28° gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Dam olish kunlari tunda oʻzgaruvchan bulutlilik, +17° gacha tushishi kutilmoqda.