+32 darajagacha: dam olish kunlari Toshkentda issiq bo‘lishi kutilmoqda
E’lon qilingan sana: · 271

31-may va 1-iyun dam olish kunlari Toshkent shahrida kutilayotgan ob-havo maʼlumoti e’lon qilindi.
Shanba kuni kunduzi havo oʻzgaruvchan bulutli boʻlishi kutilmoqda, harorat esa +30 darajagacha koʻtariladi. Kechasi ham oʻzgaruvchan bulutlilik kuzatiladi, harorat +19 darajagacha pasayadi.
Yakshanba kuni tushdan keyin havo biroz bulutli boʻladi, harorat +32 darajagacha koʻtariladi. Yakshanbadan dushanbaga oʻtar kechasi havo biroz bulutli boʻladi, harorat +19 darajagacha tushadi.