Metroning Yer usti halqa yoʻli yoʻnalishidagi ba'zi bekatlar uch oyga yopiladi

E’lon qilingan sana· 360
Metroning Yer usti halqa yoʻli yoʻnalishidagi ba'zi bekatlar uch oyga yopiladi

8-iyundan Toshkent Yer usti halqa yoʻli metro liniyasida rejali profilaktika ishlari boshlanadi. Shu munosabat bilan “Turon” (13-bekat) va “Qipchoq” (14-bekat) bekatlari oralig‘ida poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi.

Bekatlarning vaqtincha yopilishining o‘rnini qoplash maqsadida “Qipchoq — Quruvchilar — Qipchoq” yo‘nalishida bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Ular soat 5:00 da ishlay boshlaydi va har kuni 23:00 gacha xizmat koʻrsatadi.

Ishlar uch oygacha davom etadi. Metropoliten ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, bu harakat xavfsizligini ta’minlash va xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash uchun zarur. Bunday profilaktika xalqaro amaliyotda qabul qilinganidek, yangi metro liniyalarida muntazam ravishda o‘tkaziladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling