Choʻmilish vaqti keldi: ish kunlari havo harorati +38 darajagacha koʻtariladi

Ish kunlari boʻlgan 2−5 iyun kunlari uchun Toshkent shahridagi ob-havo maʼlumoti e’lon qilindi.
Dushanba kuni kunduzi havo kam bulutli bo‘ladi, harorat +33 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda +19 darajagacha pasayadi.
3-iyun kuni havo biroz bulutli boʻladi, harorat esa +35 darajagacha koʻtarilishi kutilmoqda. Kechasi biroz bulutli havo boʻladi, harorat +21 darajagacha tushadi.
Chorshanba kuni tushdan keyin havo biroz bulutli bo‘lishi, harorat +37 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi esa oʻzgaruvchan bulutlilik boʻladi, harorat +22 darajagacha pasayadi.
5-iyun kuni kunduzi oʻzgaruvchan bulutlilik kuzatiladi, harorat +38 darajagacha koʻtarilishi kutilmoqda. Dam olish kuniga oʻtar kechasi prognoziga koʻra, havo sezilarli bulutli boʻlib, harorat +24 darajagacha tushadi.