Qurbon hayiti munosabati bilan Samarqandga qo‘shimcha "Afrosiyob" reyslari yo‘lga qo‘yildi

E’lon qilingan sana· 152
Qurbon hayiti munosabati bilan Samarqandga qo‘shimcha "Afrosiyob" reyslari yo‘lga qo‘yildi

Bayram kunlari — 5, 6, 7 va 8-iyunda “Toshkent — Samarqand” yoʻnalishida qoʻshimcha tezyurar “Afrosiyob” poyezdlari qatnovi yoʻlga qoʻyiladi. Bunday qaror Qurbon hayiti kunlari yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida qabul qilingan.

Qoʻshimcha qatnovlar jadvali:

  • Samarqand — Toshkent: jo‘nash soat 10:55, yetib kelish soat 13:15;
  • Toshkent — Samarqand: jo‘nash soat 13:56, yetib kelish soat 16:14.

Oldinroq Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan ichki sayohatlarga chegirmalar eʼlon qilingandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling