Toshkentdan Issiqkoʻlga mavsumiy avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
E’lon qilingan sana: · 265

11-iyundan Toshkent-Cho‘lpon-Ota (Issiqko‘l) yo‘nalishida har kuni avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Yutong avtobuslari Toshkent avtovokzalidan soat 15:00 da jo‘naydi. Sayohatlar yozgi mavsum doirasida tashkil etilib, Qirg‘izistondagi Issiqko‘l qirg‘oqlariga yo‘l olgan sayyohlar va dam oluvchilar uchun mo‘ljallangan.
Avtobus 15 soat ichida kerakli manzilga yetib boradi. Chiptalarni Avtoticket.uz saytidan xarid qilish mumkin.
Bitta chipta narxi 300 000 so‘m.
Ma’lumot uchun (+998) 71−207−8700, (+998) 94−131−9999, (+998) 88−666−1515 telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin.