Bepul kinomaktab uchun hujjatlar qabul qilish boshlandi

E’lon qilingan sana· 257
Bepul kinomaktab uchun hujjatlar qabul qilish boshlandi

O‘zbekiston milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan ilk kinomaktab tashkil etildi. Qayd etilishicha, mazkur maktab kino sanoatiga malakali kadrlarni tayyorlash hamda ularni qayta tayyorlashni rejalashtirgan.

Kinomaktab “Tirik tarix” dasturi doirasida ishlab chiqiladigan filmlar uchun quyidagi yo‘nalishlarda mutaxassislarni bepul tayyorlash bo‘yicha qabul e’lon qiladi:

  • kino rejissura;

  • kaskadyorlik mahorati;

  • grimmyorlik;

  • animatsiya;

  • operatorlik mahorati;

  • montaj;

  • prodyuserlik;

  • kinoda ovoz rejissurasi.

Hujjatlar qabul qilish muddati: 2025-yil 2-iyundan 30-iyungacha, har kuni soat 14:00 dan 18:00 gacha, O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyi (sobiq Panorama) binosida boʻlib oʻtadi.

Bitiruvchilarga mamlakat kinostudiyalari va kinokompaniyalarida “Tirik tarix” dasturiga kiritilgan filmlarda ishlash imkonini beruvchi yo‘llanmalar beriladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling