6-8-iyun bayram kunlari toshkentliklarni bulutli havo kutmoqda

E’lon qilingan sana· 283
6-8-iyun bayram kunlari toshkentliklarni bulutli havo kutmoqda

Dam olish kunlari Toshkent shahrida 6—8-iyun kunlari kutilayotgan ob-havo maʼlumoti.

Juma kuni tushdan keyin havo bulutli boʻlib, havo harorati +31° gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Kechasi havo bulutli boʻlib, +22° gacha pasayadi.

Shanba kuni kunduzi bulutli ob-havo kuzatilib, +30° gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Kechasi biroz bulutli ob-havo boʻlib, +20° gacha tushadi.

Yakshanba kuni kunduzi biroz bulutli ob-havo kuzatiladi, harorat +35° gacha ko‘tariladi. Dushanba tongida esa osmon biroz bulutli bo‘lib, harorat +22° gacha pasayadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling