Oʻzbekiston-Qatar oʻyini sabab Toshkentning bir qator koʻchalarida avtomobillar harakati cheklanadi
E’lon qilingan sana: · 155

10-iyun kuni Oʻzbekiston va Qatar terma jamoalari oʻrtasidagi oʻyin sabab Chilonzor tumanining bir qator koʻchalari avtomobillar harakati uchun yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, quyidagi koʻchalarda soat 16:00 dan tadbir toʻliq tugagunga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari harakati toʻliq cheklanadi:
- Chilonzor va Choʻponota koʼchalari chorrahasidan, Choʼponota koʻchasi boʻylab, Choʻponota — Qatortol koʼchalari kesishgan chorrahasigacha boʼlgan qismi;
- Chilonzor va KXAY koʼchalari chorrahasidan, Chilonzor koʻchasi boʻylab, Chilonzor — Muqimiy koʼchalari kesishgan chorrahasigacha boʼlgan qismi;
- Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasi: KXAYdan — Muqimiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
- Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va aylanma va yondosh koʻchalardan harakatlanishni tavsiya qilamiz.
- Tadbir davrida quyida keltirilgan koʻchalarda harakat vaqti-vaqti bilan qisman cheklanadi:
- Alisher Navoiy-Furqat koʻchalari chorrahasidan cheklanadi;
- Sebzor-Ganga koʻprigidan Furqat koʻchasi tunelga tushishdan cheklanadi;
- Zarqaynar koʻchasi tunelga tushish cheklanadi;
- Bunyodkor koʻchasi Kamolon koʻprik ostidan cheklanadi;
- Bunyodkor koʻchasi 2-darajali asosiy yoʻlga chiqish Ozarboyjon elchixonasi asosiy yoʻlga chiqishdan cheklanadi;
- Qatortol-Choʻponota koʻchalari chorrahasidan cheklanadi;
- Chilonzor-Choʻponota koʻchalari chorrahasidan cheklanadi;
- Bunyodkor-KXAY koʻchalari chorrahasidan cheklanadi;
- Bunyodkor 2-darajali yoʻli-Qatortol koʻchalari chorrahasidan cheklanadi;
- Chilonzor-Choʻponota koʻchalari chorrahasidan cheklanadi;
- Bunyodkor-Gavhar koʻchalari chorrahasidan cheklanadi;
- TXAY-Bunyodkor koʻchalari chorrahasidan cheklanadi;
- Erkin YPX maskanidan ogʻir yuk mashinalari cheklanadi;
- Choʻpon ota-Shota Rustavelli ko‘chalari chorrahasidan cheklanadi.
Shuningdek, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya etgan.