Poytaxtda dushanbadan jumagacha ob-havo: harorat +35° gacha ko‘tariladi

E’lon qilingan sana· 135
Poytaxtda dushanbadan jumagacha ob-havo: harorat +35° gacha ko‘tariladi

9-iyundan 13-iyungacha Toshkent shahrida kutilayotgan ob-havo maʼlumoti e’lon qilindi.

Dushanba kuni kunduzi havo oʻzgaruvchan bulutli boʻlib, harorat +33° gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Kechasi havo o‘zgarib turadi, harorat +21 darajagacha pasayadi.

10-iyun kuni kunduzi ob-havo o‘zgaruvchan bulutli boʻladi, harorat esa +35° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi ham havo o‘zgaruvchan bulutli bo‘lib, harorat +22° gacha tushishi kutilmoqda.

Chorshanba kuni havo biroz bulutli boʻlib, harorat +33° gacha koʻtariladi. Kechasi biroz bulutli havo kuzatilib, harorat +22° gacha tushishi mumkin.

12-iyun kuni kunduzi o‘zgaruvchan bulutlilik boʻlib, harorat +33° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi ham havo oʻzgaruvchan bulutli boʻladi, harorat +22° gacha pasayishi kutilmoqda.

Juma kuni tushdan keyin havo biroz bulutli bo‘lishi, harorat esa +34° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Shanba kuni kechasi havo biroz bulutli boʻladi, havo harorati +22° gacha tushadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling